35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati SENATOR VA SHAHAR KENGASHI RAHBARI “KOKILDOROTA” MAHALLASIDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi D.Suvonova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengashning ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulovlar Kengashning 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugi hududidagi "Kokildorota" mahallasida joylashgan 7 gektar maydondagi yangi zamonaviy issiqxona majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mas'ullar issiqxonada yaratilgan sharoitlar, energiya tejovchi texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish tizimi hamda yetishtirilayotgan mahsulot turlari bilan atroflicha tanishdilar.
Issiqxonaning asosiy imkoniyatlari:
Yangi ish o‘rinlari: Mahalla fuqarolari, xususan, xotin-qizlar va yoshlar uchun doimiy va mavsumiy daromad manbai yaratilgan;
Oziq-ovqat xavfsizligi: Ichki bozorni sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash;
Eksport salohiyati: Yetishtirilayotgan mahsulotlarni nafaqat mahalliy bozorga, balki xorijiy davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari.
Muloqot chog‘ida Senator D.Suvonova va Kengash raisi D.Normuradova zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarining tuman va shahar iqtisodiyotidagi o‘rnini alohida e’tirof etdilar:
"7 gektar maydonda bunday zamonaviy va ixcham issiqxona majmuasining barpo etilishi — Termiz shahrining agro-sanoat salohiyatini oshirishga qo‘shilgan katta hissadir. Eng muhimi, bu yerda mahallamiz aholisi bandligi ta’minlanib, ularning turmush farovonligi oshmoqda. Bunday ilg‘or loyihalarni doimiy qo‘llab-quvvatlashimiz zarur," — deya ta’kidlandi uchrashuvda.
Uchrashuv yakunida issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish, eksport geografiyasini oshirish hamda tadbirkorga zaruriy infratuzilma bo‘yicha deputatlik va Senat nazorati doirasida amaliy yordam berish masalalari belgilab olindi.