35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyreniwi
янв.21
Deputat hám Keńes sekretariatı wákili máhálledegi máselelerdi ornında úyrendi
янв.21
Deputattıń qatnasıwında orınlarda máseleler dodalandı
янв.21
Mahallada obodonlik va hamjihatlik yo‘lida amaliy muloqot
янв.21
Suyıltırılǵan gaz ballonların tarqatıw jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
Deputat medicinalıq xızmettiń sanlastırılıw procesi menen tanıstı
янв.21
Deputatlıq qabıllaw
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
"Máhállede abadanlıq hám miyrim-shápáát aylıǵı" sheńberinde úgit-násiyat jumısları alıp barıldı.
янв.21
Deputat biriktirilgen shólkem menen birgelikte óz okruginde úyme-úy úyreniwler alıp bardı
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid Xudayarovich saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Chegarachi" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.

Mazkur loyiha asosida tumandagi 15 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Chegarachi” mahallasida ham qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahallada joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida “Chinor” MChJ tomonidan qurilayotgan 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda uch qavatli binoda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan bo‘lib, uchinchi qavatda qurilish jarayonlari davom etmoqda.

Loyiha to‘liq yakunlangach, o‘quvchilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, hududdagi ta’lim infratuzilmasi yanada mustahkamlanib, ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 2