Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan "G‘ishtli masjid" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi D.Nosirov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 24 nafar fuqaroga umumiy qiymati 171 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga jami 51 million so‘m miqdorida ssuda ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Natijada mahallada 108 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning imtiyozli kredit va ssudalardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bandlik dasturlarining samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3