Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Áhmiyetli toqsan kúnlik" ilajları sheńberinde rayonlıq sport mektebi úyrenildi
янв.21
Deputat muammoli masalani joyiga chiqib o‘rgandi va ijobiy hal etdi
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Deputatlar Qusxanataw APJ aymaǵındaǵı «Margulan ónermentleri» tigiw cexında boldı.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan yoshlarga ajratilgan yerlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Bozataw rayonında irrigaciya infrastrukturası jaqsılanbaqta
янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Bog'obod mahallasi hududidagi tungi yoritish chirog'i va ustuni o'rnatildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

❗️ Deputatlik so‘rovi natijasida tumandagi Bog'obod mahallasi hududidagi tungi yoritish chirog'i va ustuni o'rnatildi

🏛 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "18-Bog'iston" okrugi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Bog‘obod mahallasini 22- va 24-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘lagi tungi vaqtda yoritilmaganligi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumannur korxonasi rahbari Kamoliddin Azizov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Bog‘obod mahallasinining 22- va 24-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘lagi o‘rganilib, ushbu hududda tungi yoritish moslamasi va elektr tayanchi (ustuni) mavjud emasligi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida mazkur hududga tungi yoritish moslamasi hamda elektr tayanchini (ustunini) o‘rnatib berilganligi ta'kidlandi.

💼 Ushbu masala Kengash kotibiyati tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, haqiqatda muammo bartaraf etilgani yuzasidan asosli ma'lumotlar olindi.

Slide 1 of 6