Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari keng muhokama qilindi
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Aholi murojaatiga asosan – deputat joylarga borib o‘rganildi
янв.21
Deputat, nuranıyler menen ushırasıwı
янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Xo‘jamqulov, tuman Kengashi deputati M.Mengliyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassislari T.Mardonov va B.Panjiev O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Dehqonobod tuman Kengashi vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida mahallalarda hamda turli tashkilotlarda o‘rganish ishlarini birgalikda tashkil etish, deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi binosida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni qonuniy asoslarda, belgilangan vakolatlar doirasida yanada rivojlantirish, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni birgalikda o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldilar.

Bunday hamkorlik kelgusida mahallalarda muammolarni tezkor aniqlash, fuqarolarning murojaatlariga samarali yechim topish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3