Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida muassasada tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, guruh xonalari, o‘quv va o‘yin maydonchalari, ovqatlantirish tizimi, tibbiy xizmat, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda moddiy-texnik bazaning holati ko‘zdan kechirildi. Muassasa rahbariyati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar, tarbiyalanuvchilar qamrovini oshirish, ta’lim sifati va bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tashrif chog‘ida muassasa rahbariyati hamda pedagoglar bilan muloqot o‘tkazib, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirish,
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi.
 

Slide 1 of 7