Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati tomonidan tumandagi 3-Jarquduq saylov okrugida joylashgan Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A.Abievning hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✏️O‘rganish davomida oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti, tibbiyot xodimlari faoliyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
✍️Shuningdek, tibbiyot muassasasi faoliyatida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan fikr almashilib, navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisobot uchun tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.
✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga xizmat qilmoqda.