🚧📋Sherobod tumanida M-39 avtomobil yo‘lida nazorat tadbiri o‘tkazildi
🚧 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Raxamov, deputat S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida M-39 Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lida nazorat tadbiri amalga oshirildi.
📋 Ushbu tadbir 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan doimiy komissiya yig‘ilishida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi rahbari B. Qulmamatovning 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etgan hisoboti yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🛣 Nazorat jarayonida hisobotda ko‘rsatilgan yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, ta’mirlash va saqlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi holati o‘rganildi.
📌 Tadbir davomida deputatlar tomonidan yo‘l sifatini yaxshilash, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📊 Nazorat tadbirlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.