📍 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan S. Shokirova hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida loyihalarning borishi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda ularning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi o‘rganildi.
Investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi aholi farovonligini oshirish va hudud taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.