Sessiyada tuman Kengashi raisi, deputatlar, hokim o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kun tartibiga ko'ra hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Sessiyada, shuningdek, “Ochiq budjet” loyihalari doirasida fuqarolar tashabbuslarini moliyalashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarida sharoitlarni yaxshilash hamda va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi nazoratga olindi.