Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 18-Xumor saylov okrugidan saylangan deputat Samanov Uktam Rustamovich, Shamsnazar mahallasi ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o'rganish, nogironligi bo'lgan shaxslar, yolg'iz keksalar hamda kam ta'minlangan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar o'rganildi. Deputat mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda muammolarini hal etishda ijtimoiy xodimlarning o'rni muhim ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 1