O‘quvchilar uchun sifat ustuvorligi — deputatlik nazoratida
🔹 Farg‘ona tumanida yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ular uchun sifatli mahsulotni ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari muntazam olib borilmoqda.
🔹 Navbatdagi tekshiruv 12-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun tashkil etilgan savdo majmuasi hududida o‘tkazildi. Tadbirda tuman Kengashi deputati Qaxramon Makarov va mahalla yettiligi ishtirok etib, mahsulot sifati va saqlash shartlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 O‘rganishlar davomida mahsulotlar sifati, ularning xavfsizligi, saqlash sharoitlariga rioya etilishi va narxlarning adolatliligi atroflicha tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi va tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🔹 Deputatlik nazorati yoshlar uchun sifatli va xavfsiz mahsulotni ta’minlash, ularning salomatligini himoya qilish va mahallada infratuzilmani rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi.
Telegram | Facebook | YouTube