Yangiliklar

Deputat maxallada

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sattarova Dinara Jumanazarovna tuman hokimligi mas’ul xodimlari ishtirokida Madaniyat va Gulzor mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv ochiq va muloqot tarzida o‘tdi. Ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.

Slide 1 of 1