35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

💧 TOZA ICHIMLIK SUVI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI!

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasidan 12-“Madaniyat” saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov tomonidan dasturlar ijrosi doirasida Parchayuz mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida mahallada toza ichimlik suvi qudug‘i qurilayotgani hamda mazkur loyiha orqali suv ta’minotida muammoga duch kelayotgan hududlarni suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi.

🚰 Xususan, quduq ishga tushirilishi natijasida Parchayuz mahallasidagi Yoshlik, Ibrat, Kamolot, Navro‘z va Tinchlik ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

🤝 Aholi murojaatlari — amaliy ishlar uchun muhim yo‘nalish. Bunday tashabbuslar insonlarning kundalik hayotini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4