#Oylik_ish_reja_ijrosi
📢 Deputat faoliyati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-“Mehrabod” saylov okrugi deputati J.Qodirrov faoliyat yuritayotgan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida “Mehrabod” mahallasida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorning faoliyati yaqindan o‘rganildi.
📋 Jarayon davomida tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilishi, mavjud sharoitlar hamda faoliyat samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda bandlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirish — e’tiborda!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube