O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A.M.To‘ychiyev xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda viloyat Kengashi raisi P.Axmedjanova, kotibiyat mudiri A.Abduraxmonovlar ishtirok etdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Oliy Majlis Senati Kengashining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi qabul qilingan qaror mazmun mohiyatini deputatlar va kotibiyat xodimlariga atroflicha tushuntirib fikr mulohazalar almashildi.