Xalq deputatalari Toshloq tuman Kengashi deputati T.Soliyev hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman
bo‘limi boshlig‘i A.Tojiumarovlar tomonidan tumandagi "Yangiyo‘l", "Zarkent" "Soybo‘yi", "Ucholish" va "Istiqlol" mahallalarida faoliyat ko‘rsatayotgan "mahalla yettiligi" faoliyatiga ko'mak ko'rsatish maqsadida uchrashuvlar
o‘tkazildi.
Shuningdek uchrashuvlar davomida mahallalarda aholini e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar o‘rganilib, mazkur masalalar "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda bartaraf etishga kelishib olindi.