35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
#munosabat

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi va kelajakda munosib kasb egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
🌏«Vatan tayanchi» harakatining ayrim a’zolari, shuningdek, «Vatanparvarlar» hamda «Shijoat va g‘ayrat» musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 3 yil muddatga tavsiyanoma berilishi — yoshlar mehnati va intilishini rag‘batlantirishning yana bir muhim ko‘rinishidir.
🌏Ayniqsa, tavsiyanoma asosida oliy harbiy va yuridik ta’lim muassasalariga kirishda to‘plangan ballning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berilishi yoshlar uchun katta rag‘bat bo‘ladi. Bu imkoniyat ularni sport, harbiy-vatanparvarlik va jamoat ishlarida faol ishtirok etishga undaydi.
🌏Deputat sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Chunki yoshlarga berilgan har bir imkoniyat — mamlakatimizning ertangi taraqqiyotiga qo‘yilgan muhim qadamdir. Bunday imtiyozlar bilimli, vatanparvar, jasur va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
🌏Eng muhimi, yoshlarimiz o‘z qobiliyati, mehnati va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi, o‘z kelajagini ishonch bilan qurishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Quvondiq Safarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati