35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov tomonidan Jondor qishlog‘ida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri o‘rganildi.
🔹Ma’lum bo‘lishicha, qishloqda toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilishi jarayonida ichki yo‘llar qazib tashlangan. Biroq oradan to‘rt oy vaqt o‘tganiga qaramay, qazilgan yo‘llarni qayta tiklash ishlari yakuniga yetkazilmagan. Bu esa aholi, ayniqsa, piyodalar va transport vositalari harakati uchun muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
🔹Mazkur masala yuzasidan deputat I.Xolov tomonidan “Buxoro suv ta’minoti” AJ Jondor tumani filiali rahbari O.Olimov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔹Deputatlik so‘rovida Jondor qishlog‘ida suv quvurlarini tortish ishlari natijasida qazib tashlangan ichki yo‘llarni belgilangan tartibda qayta tiklash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini ta’minlash hamda ushbu ishlarning yakuniga yetkazilishini ta’minlash so‘ralgan.
🔹Deputatning ta’kidlashicha, aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish muhim vazifa bo‘lgani kabi, amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlaridan so‘ng hudud obodonchiligi va yo‘llarning holatini tiklash ham dolzarb masaladir.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning ijobiy hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3