35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Milliy shirinliklar — tadbirkorlik va milliy qadriyat uyg‘unligi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tomonidan “Zarafshon” mahallasida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalaridan biri — milliy shirinliklar sexining qurilish jarayoni bilan tanishildi.
⚡️Tashrif davomida sexda olib borilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar hamda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha orqali milliy shirinliklarni zamonaviy usullarda ishlab chiqarish, aholiga sifatli va mazali mahsulotlar yetkazib berish bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan.
⚡️Milliy shirinliklar tayyorlash an’analarini asrab-avaylash va ularni zamonaviy tadbirkorlik bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashabbuslar mahallada yangi ishlab chiqarish subyektlarini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi.
⚡️Deputat va Kengash kotibiyati mas’uli tomonidan loyiha tashabbuskorlarining fikr-mulohazalari tinglanib, sex faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mavjud masalalarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
⚡️Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini o‘rganishga qaratilgan bunday amaliy ishlar mahalliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.

Slide 1 of 3