35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Mustaqillik — buyuk qadriyatimiz

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida bayramona ruhdagi turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aksiya va chellenjlar o‘tkazilmoqda.
🔹Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N.Fatullayeva tashabbusi bilan “Zarafshon” mahallasida ham tashkil etildi. Mazkur chellenjda mahalla faollari, yoshlar va aholi vakillari ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining ahamiyati, uning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni haqida o‘z fikr va tilaklarini ifoda etdilar.
🔹Tadbir davomida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va istiqlol ne’matini asrab-avaylash g‘oyalari tarannum etildi. Ishtirokchilar tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan yutuqlar alohida e’tirof etildi.
🔹Chellenjning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor hissini yuksaltirish, shuningdek, istiqlol bayrami shukuhini keng targ‘ib etishdan iborat.
🔹Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho boyligi. Uni asrab-avaylash, Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish har birimiz uchun yuksak mas’uliyatdir.
🔹“Zarafshon” mahallasida o‘tkazilgan mazkur chellenj ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lidagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslardan biri bo‘ldi.