35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#nazorat_tahlil #kotibiyat_mudiri_faoliyati

32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A. Abdinazarovning saylov okrugidagi “Takiya” mahallasida joylashgan 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, sinfxonalar va mavjud moddiy-texnik bazaning holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabrdagi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan tegishli o‘rganish olib borilib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5