35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
“Kunchiqish” mahallasidagi 6-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#nazorat_tahlil #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#deputat_okrugida #162_ta_Qonun #doimiy_komissiya_faoliyati

“Kunchiqish” mahallasidagi 6-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan deputat A.Xolmo‘minov o‘z saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari N.Alimov bilan birgalikda 6-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktabdagi o‘quv xonalari, mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, moddiy-texnik baza hamda ta’lim jarayonini yangi o‘quv yilida samarali tashkil etishga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borildi. Unda ta’lim jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi, o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlarning yaratilgani, pedagoglar faoliyati hamda ta’lim sifati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4