35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Qorasuv saylov okrugidan deputat D.Xoliqovaga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qiziriq tumani bo‘limida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlash yo‘nalishidagi faoliyatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan vazifalar, xususan, mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, biriktirilgan hududlarda aholi bilan muloqotlarni tashkil etish, fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqadigan muammolarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur qarorda deputatlar va “mahalla yettiligi” tomonidan hududlardagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan muntazam nazorat olib borish vazifalari belgilangan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2