35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
KENGASH DEPUTATI, TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA YANGI OILAVIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

Parkent tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, zamonaviy tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, Shampan mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida Shampan oilaviy poliklinikasi qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy va qulay sharoitlarga ega tibbiyot maskani sifatida foydalanishga topshirildi.Yangi oilaviy poliklinikaning tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov ishtirok etdi.Tadbir davomida yangi tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.Mazkur poliklinika 2 300 nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, muassasa zarur tibbiy jihozlar va zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan.Yangi oilaviy poliklinikaning foydalanishga topshirilishi Shampan mahallasi aholisi uchun tibbiy xizmatlardan yanada qulay va sifatli foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.Tantanali tadbirda tuman mutasaddilari, tibbiyot sohasi vakillari,mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Slide 1 of 5