35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam

Soy bo‘yi MFY hududida joylashgan 1-son sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hudud MFY raisi K.Xasanov, hokim yordamchisi J.Komiljonov va yoshlar yetakchisi A.Toshxo'jayevlar ishtirokida o‘rganildi.
️O‘rganish jarayonida sport to‘garaklarining tashkil etilishi, yoshlarning muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sport maktabining moddiy-texnik imkoniyatlari hamda mashg‘ulotlarning sifatli o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
️Shuningdek, sport mashg‘ulotlariga jalb qilingan yoshlar qamrovi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
️O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Yoshlarni sportga yanada keng jalb etish, ular uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sport mashg‘ulotlari sifatini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1