Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati I. Karabayev tomonidan Farhod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan mavjud muammo va takliflar bildirildi. Jumladan, Ziyokor ko‘chasi 1-uy hududidagi ariqlarga suv keltirish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga yetkazilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Natijada, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Ziyokor ko‘chasi 1-uy hududidagi ariqlarga suv keltirilib, aholining murojaati ijobiy hal etildi.