35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida

Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash eng dolzarb masalalardan biridir.
Ana shu vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich hamkorligida Qiyot mahallasida o‘rganish va uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, aholi daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalari xonadonbay va manzilli yondashuv asosida muhokama qilindi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Senati va mahalliy Kengashlar hamkorligida deputatlik va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra, har bir deputat o‘zi saylangan hududda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga mas’ul etib biriktirilgan.
Qiyot mahallasida mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan aniq manzilli ishlar rejalashtirildi. Jumladan:
·  ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 
·  17 nafariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
·  118 nafar fuqaroni bandlik bilan ta’minlash;
·  60 nafar fuqaroning ta’lim bilan bog‘liq masalalarini hal etish;
·  65 nafar fuqaroning tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
·  96 nafar ishsiz fuqaro bilan bandlik va ishga joylashtirish yo‘nalishida ishlash;
·  xorijda bo‘lib turgan 309 nafar fuqaro bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish va ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Eng muhimi, belgilangan vazifalar qog‘ozda qolib ketmasligi uchun deputatlar va “mahalla yettiligi” tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq ishlar boshlab yuborildi. Muammolarni aniqlash, mas’ullarni belgilash va natijadorlikni nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Maqsad — har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va uning yechimiga amaliy ko‘mak berish.
Aholining munosib turmush sharoitini yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etadi.

Slide 1 of 3