35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARI YO‘NALTIRILDI

 MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARI YO‘NALTIRILDI
🔹 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 33-sessiyasida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
💰 Qarorga muvofiq, tuman budjetining:
— ikkinchi hisobot choragi yakuni bo‘yicha prognozdan oshirib bajarilgan daromadlari;
— yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni elektron savdo maydonchalarida sotish;
— qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ijara huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan tushgan mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha mablag‘larni tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish takliflari ma’qullandi.
📑 Sessiya qarorida ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanish, belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.
📊 Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga budjet xarajatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, G‘aznachilik bo‘linmasiga esa belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish topshirildi.
👥 Muhim jihati: ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.
✅ Mazkur qaror mahalliy budjetning qo‘shimcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish va ularning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Rasmiy sahifalarimiz!