35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

 2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat G.Bozorova tomonidan Chortut mahallasidagi OSHPda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, muassasada qo‘l yuvish uchun zarur vositalar va jihozlar yetishmasligi, shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xonalar yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.

🤝 Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.

📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash masalasi deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda! 

Slide 1 of 2