35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
#24_masala

🔍IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Murodbek Sherliyev Toyloq tumanidagi “Nuroniy” mahallasiga borib, aholi bilan uchrashdi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari, soha vakillari hamda deputatlar ishtirok etib, mahalladagi yo‘l infratuzilmasining holati, aholi va yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsiz qatnovini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🔍Uchrashuv davomida mahallada joylashgan 55- va 46-maktab o‘quvchilarining maktabga xavfsiz kelib-ketishlarini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lagini tashkil etish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi. Belgilangan vazifalar asosida hududda amaliy ishlarni amalga oshirish, o‘quvchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 3