35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Ijtimoiy xodim qaoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tumanning “Pskom” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim B.Raxmonberdiyevning faoliyatini o‘rgandi.

🔻O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqaroning xonadondagi yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi. Fuqaroning kundalik hayoti, mavjud ehtiyojlari, ijtimoiy va maishiy sharoitlari o‘rganilib, unga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan fuqaroning ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Fuqaroga zarur ijtimoiy ko‘maklar ko‘rsatilgani, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib uni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilgani qayd etildi.

🔻O‘rganish jarayonida fuqaroning xonadondagi sharoiti, kundalik ehtiyojlari hamda ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talablari tinglandi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga mansub fuqarolar bilan ishlashda har bir insonning ehtiyojidan kelib chiqib, individual yondashuv asosida xizmat ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2