35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Popda yana bir zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi!

Pop tumanida yana bir zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi!

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 12-dekabrdagi VII-15-125-6-84-K/25-sonli qaroriga asosan Xo‘jaobod mahallasi ahli uchun munosib tuhfa — yangi va zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Yillar davomida eski va noqulay binoda faoliyat yuritgan mahalla faollari endilikda barcha sharoitlarga ega zamonaviy binosida ish boshlaydi.

Tantanali tadbirda mahalla aholisi va nuroniylar ishtirok etdi. Tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev mahalla ahlini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida yanada faol va astoydil mehnat qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun: so‘nggi 5 yilda Pop tumanida 35 ta mahalla binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Slide 1 of 6