35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limida o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida tumandagi dehqon xo‘jaliklari faoliyati, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.Jarayonda bo‘lim boshlig‘i E.Islomov va huquqshunos Z.Tursunboyeva bilan dehqon xo‘jaliklarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi,yangi xo‘jaliklarni tashkil etish, yer ajratish tartibi, subsidiya va imtiyozli kreditlardan foydalanish holati yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, bog‘dorchilikda shpaler tizimini kengaytirish,kartoshkachilikni rivojlantirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.Deputat tomonidan mas’ullarga 3 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha aniq savollar berildi. Jumladan,tumanda faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari soni hamda ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish va subsidiya hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish holati, shuningdek, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tushuntirishlar so‘raldi.Mazkur savollarga bo‘lim boshlig‘i E.Islomov va huquqshunos Z.Tursunboyeva tomonidan tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.O‘rganish yakunida dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, yer resurslaridan samarali foydalanish va qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3