35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi


Aholi bandligini ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda yoshlar ta’limiga ko‘maklashish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova hamrohligida “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, hududda fuqarolar tomonidan tashkil etilayotgan yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida mahalla fuqarosi B.Choriyev tomonidan o‘z hisobidan tashkil etilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Zamonaviy majmua: Fuqaro o‘z mablag‘lari hisobidan mahalla ahliga xizmat ko‘rsatuvchi o‘quv markazi, sartaroshxona hamda oziq-ovqat do‘koni binolarini to‘liq qurib bitkazgan;

Yoshlar uchun ingliz tili: Bugungi kunda majmuadagi o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalla yoshlari uchun sifatli ingliz tili to‘garaklari tashkil etilgan;

Kengaytirish rejalari: Ish o‘rinlarini ko‘paytirish va faoliyatni yanada kengaytirish maqsadida Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishi belgilangan.

Deputatlar va mas’ullar fuqaro B.Choriyevning tashabbusini yuqori baholab, tadbirkorlik bilan birga mahalla yoshlarining xorijiy tillarni o‘rganishiga sharoit yaratilganini alohida e’tirof etdilar hamda imtiyozli kredit ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladilar.

Tadbirkorlik va yoshlar ta’limi — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 2