35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib, hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda Hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish borasida tuman Kengashi mas’ullari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Birdamlik" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Monitoring jarayonida ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Yakunda mahallada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1