35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputatlar mahalla yettiligi bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashdi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish, mahallada bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, bu jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va tashabbuskorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda bayon etilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📊 Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish, kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahallani obodonlashtirish hamda xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan samarali foydalanish orqali oilalar daromadini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar va fuqarolar murojaatlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va takliflar kiritish, yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijrosini nazoratga olish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 5