35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
EHTIYOJMAND OILANING MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 12-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat X.Nazarova tomonidan o‘z hududidagi “At-Termiziy” MFYda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Soxibzoda Hazrat 6-tor ko‘chasi, 8-uyda yashovchi fuqaro Voxidova Maftunaxon murojaat bilan chiqdi.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, u 4 nafar farzandning onasi, uy bekasi bo‘lib, Kambag‘allik reyestrida turadi. Shuningdek, uning qaramog‘ida 2 nafar keksa fuqaro mavjud.

Murojaat davomida fuqaroning 3-farzandida qorin oldi gemangioma tashxisi bilan bog‘liq muammo mavjudligi sababli, farzandiga zarur tibbiy yordamdan foydalanish uchun order olish masalasida amaliy yordam so‘raldi.

Mazkur murojaat deputat X.Nazarova tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani ijobiy hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Fuqaroning murojaati deputat nazoratiga olindi. Farzandiga zarur tartibda order olish masalasini hal etish, murojaatni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5