35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan, Qog‘ozgarlik ko‘chasi 20-uyda yashovchi Begmatova Odina turmush o‘rtog‘i jazoni ijro etish muassasasida ekanligi sababli oilaviy sharoiti og‘irligi va moddiy yordamga ehtiyoji mavjudligi yuzasidan murojaat qildi.

Murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, fuqaroning ijtimoiy holatini o‘rganish hamda amaldagi tartib asosida zarur yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Mazkur masalani hal etishda mahalla mas’ullari va tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi