35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Elektr ta’minoti va obodonlashtirish holati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Marg‘ilon shahar hokimi E.Rustamov tomonidan “Navbahor” hamda “Istiqlol” mahallalari hududida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida mahallalarda mavjud transformator punktlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati, elektr ta’minotining barqarorligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi batafsil tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazilib, transformator punktlarini belgilangan texnik me’yorlar asosida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahallalarning obodonlashtirish holati, hududlarda tozalikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati ham atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bunday o‘rganishlar hududlardagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda aholiga qulay va sifatli sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4