35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq,mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputatYoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan “Nevich” MFY hududida yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.“Nevich” MFY yoshlar yetakchisi Mamadullayev G‘ayratilla Xayrulla o‘g‘li tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 650 nafar yosh ariza topshirgan. Mahalla yoshlari tuman miqyosidagi musobaqalarda 6 ta birinchi o‘rinni, viloyat bosqichida esa yengil atletika bo‘yicha 1 ta birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.Shuningdek,mahallada og‘ir toifadagi 1 nafar yosh bilan manzilli ish olib borilib,uning muammosi ijobiy hal etilgani qayd etildi.Kelgusida 40 nafar yoshning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish belgilandi.  

Slide 1 of 5