35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Hududdagi markaziy kutubxona faoliyati va qonun ijrosi deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Hududdagi markaziy kutubxona faoliyati va qonun ijrosi deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Hamdamovalar tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududida joylashgan Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Markaziy kutubxonaning faoliyati, kitobxonlarga yaratilayotgan sharoitlar, aholi, ayniqsa, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20 yanvardagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonuni ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, kutubxonada kitob fondini boyitish, adabiyotlarni saqlash va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda qonun talablarining amalda ta’minlanishi keyingi o‘rganishlarda nazoratga olinadi.
Slide 1 of 3