35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
ARIQ SUVI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

 ARIQ SUVI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan Yangiqishloq mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan fikr va taklif bildirildi.

Fuqarolar tomonidan ariq suvi yetib kelmayotgani, buning natijasida tomorqa va ekin maydonlarini sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputatning “Deputat daftari”ga qayd etilib, nazoratga olindi.

Deputat D. Tuychiyeva muammoni joyida o‘rganib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani ko‘rib chiqish va yechimga erishish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

📌 Deputat nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!