35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
🤝YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👉Shu munosabat bilan Yunusobod tumani prokurori Y.A. Abdurahmonov tomonidan mas’ul tashkilot rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bilan “Ahilobod” mahallasida ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿Uchrashuvda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi.

💬Muloqot davomida yoshlarning yashash sharoiti, mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

🔠Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2