35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan “Chorbog‘” ko‘chasi uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmay kelinayotganligi, ushbu holat esa aholiga kuz-qish mavsumlarida noqulaylik tug‘dirayotganligi va e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan murojaat qilindi.

Murojaatda mazkur ko‘chani asfaltlashtirish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulayliklar yaratishga amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Obodonlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” MFY aholisi tomonidan qilingan murojaat bo‘yicha “Chorbog‘” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko‘rilishini ma’lum qilish;
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-15-105-11-166-K/25-sonli Qaroriga asosan “Qo‘shchinor” MFYdagi “Chorbog‘” ko‘chasi qachon asfaltlashtirilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2