35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Axborot-kutubxona markazida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida markazning faoliyat yo‘nalishlari, kitob fondining
holati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari, yaratilgan shart-sharoitlar va qonun talablarining amaldagi ijrosi bilan tanishildi.Shuningdek, deputat markaz rahbari M. Ahmedova bilan suhbatlashib,qonun ijrosiga oid qator masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Jumladan,kitob fondini muntazam yangilab borish, elektron kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, kitobxonlar murojaatlari bilan ishlash hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar olindi.Muloqot davomida markaz kutubxona fondida jami 66 ming 722 ta adabiyot,shundan 52 ming 937 tasi kitoblar mavjudligi hamda ro‘yxatdan o‘tgan kitobxonlar soni 9 ming 670 nafarga yetgani qayd etildi.O‘rganish davomida muassasa xodimlarining fikr va takliflari ham tinglanib, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish,yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Yakunda qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.Bunday deputatlik nazorati tadbirlari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 7