35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
“Oila va xotin-qizlar” bo‘limi faoliyati hamda 257-son qaror ijrosi o‘rganildi
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

“Oila va xotin-qizlar” bo‘limi faoliyati hamda 257-son qaror ijrosi o‘rganildi

Qaror qabul qilish — bir qadam, uning amaldagi ijrosini ta’minlash esa undan-da katta mas’uliyat!

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, bosh mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati joyiga chiqib, deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qarori asosida olib borilib, unda belgilangan vazifalarning Kogon shahrida qay darajada va qanday natija bilan amalga oshirilayotgani atroflicha tahlil qilindi.

Ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarni mustahkamlash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘maklashish va ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Eng muhimi, o‘rganish jarayonida qog‘ozdagi hisobot emas, joylardagi real holat va amaliy natija asosiy mezon sifatida belgilandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, qarorda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6