35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovning saylov okrugi hududida joylashgan Yoshlik mahallasida aholi uchun qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash va hudud infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan
ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova mahallada yangidan asfalt qilingan ko‘chalarni ko‘zdan kechirdilar. O‘rganish jarayonida Yoshlik mahallasi raisi Sh.Komilov tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, yangi asfalt yotqizilgan ko‘chalarning holati hamda mahalla
aholisi uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yangi asfaltlangan ko‘chalar, avvalo, mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun qulaylik yaratib, transport vositalari harakatini yaxshilash, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash hamda hududning obodon qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Tashrif davomida amalga oshirilgan ishlar sifati, ko‘chalarning obodonlashtirilishi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, infratuzilmani yanada yaxshilash va aholi murojaatlarini inobatga olgan holda amaliy ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Bunday amaliy ishlar mahallalarda obodonlikni ta’minlash, aholi turmush sharoitini yaxshilash va fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4