35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, bilim va dunyoqarashini oshirish, jamoaviy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Jondor tumanida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🔹Mazkur tadbir xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 26-Jondor saylov okrugidan saylangan deputat L. Ergasheva hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jondor tumani kengashi hamkorligida o‘tkazildi.
🔹Intellektual bahs-munozaralarga boy kechgan bellashuvda yoshlar o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etib, turli yo‘nalishlardagi savollarga jamoaviy tarzda javob berdilar. Ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, zukkolik va topqirlik borasida o‘zaro bellashdilar.
🔹Tadbir davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kitobxonlik va intellektual o‘yinlarga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bilimli va tashabbuskor avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8