35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
#deputat_so'rovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 25-Samonchuq saylov okrugidan saylangan deputat B. Dilliyev tomonidan Samonchuq mahallasining Gulobod qishlog‘ida mavjud muammolardan biri — yaroqsiz holatga kelib qolgan simyog‘ochlar masalasi o‘rganildi.
👉Aholi xavfsizligi va elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan eskirgan hamda foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish muhim ahamiyatga ega.
👉Mazkur masalani tezkor hal etish, Gulobod qishlog‘idagi yaroqsiz simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish yuzasidan deputat B. Dilliyev tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
👉Deputatlik so‘rovida muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish, tegishli choralarni ko‘rish hamda aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish so‘ralgan.
👉Deputatning mazkur tashabbusi fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni qiynayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 2